ZIRH BOT

ZIRH BOT — Qo‘llanma

Bot haqida ma’lumot, qo‘llanma va yordam — hammasi bir joyda

Botni ochish Web versiya

01 ZIRH BOT haqida

ZIRH BOT — CYBER HIMOYA MCHJ tomonidan ishlab chiqilgan Telegram xavfsizlik boti. U shaxsiy chatda va guruhlarda foydalanuvchilarni firibgarlik, zararli fayllar va spamerlardan himoya qiladi.

  • 🔍 Havolalarni tekshiradi — phishing va firibgar saytlarni aniqlaydi
  • 📁 Fayllarni tekshiradi — shu jumladan APK ilovalarni zararli kodga
  • 👥 Guruhni himoya qiladi — xavfli havola va fayllarni avtomatik o‘chiradi
  • 🛡 Spamerlarni aniqlaydi — anti-spam akkauntlarni avtomatik tekshiradi
  • 📥 Media yuklaydi — Instagram, TikTok, YouTube va boshqa tarmoqlardan
  • 🌐 6 tilda ishlaydi — o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz, ingliz va turk

02 Boshlash

  1. Telegramda @ZIRH_BOT ni oching va /start buyrug‘ini yuboring.
  2. Kerak bo‘lsa tilni tanlang. Tilni istalgan vaqtda 🌐 Язык tugmasi yoki /lang buyrug‘i bilan o‘zgartirish mumkin.
  3. Rasmiy kanallarimizga obuna bo‘ling: @cyberhimoya va @zirh_news.
  4. ✅ Tekshirish tugmasini bosing — obuna tasdiqlangach, bosh menyu ochiladi.
Obuna faqat botdan shaxsiy chatda foydalanish uchun talab qilinadi. Guruhlardagi himoya obunaga bog‘liq emas.

04 Havolani tekshirish

Shubhali havolani botga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuboring yoki 🔍 Havolani tekshirish tugmasini bosing. Bitta xabarda bir nechta havola bo‘lsa, hammasi tekshiriladi. Qisqartirilgan havolalar (masalan, bit.ly) ochilib, asl manzili tekshiriladi.

XavfliFiribgarlik yoki phishing aniqlangan. Risk darajasi foizda ko‘rsatiladi.
ShubhaliXavf belgilari bor — sababi bilan birga ko‘rsatiladi.
XavfsizXavfli kod aniqlanmadi, lekin ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi.
Limit: 1 soatda 5 tagacha havola tekshirish mumkin.
Xavfli deb topilgan saytga shaxsiy ma’lumot, karta raqami yoki SMS kodni hech qachon kiritmang.

05 Faylni tekshirish

📁 Faylni tekshirish tugmasini bosing va faylni yuboring. Bot faylni zararli kodga tekshiradi. APK ilovalar uchun uning rasmiy manbada (Play Market) bor-yo‘qligi ham ko‘riladi va iloji bo‘lsa asl ilova havolasi tavsiya qilinadi.

Limit: 1 soatda 5 tagacha fayl, har biri 20 MB gacha.
“Bonus”, “to‘lov”, “sovg‘a” deb yuborilgan noma’lum APK fayllarni o‘rnatmang — ular ko‘pincha karta va akkauntlarni o‘g‘irlaydi.

06 Media yuklash

Instagram, TikTok, YouTube, Snapchat, Likee yoki Pinterest havolasini botga yuboring — bot video, audio yoki rasmni yuklab beradi. YouTube havolasi uchun 🎞 Video yoki 🎧 Audio ni tanlaysiz.

Qisqa vaqt ichida juda ko‘p so‘rov yuborilsa, bot biroz kutishni so‘raydi.

07 Guruhni himoya qilish

  1. Bosh menyudagi 👥 Guruhga qo‘shish tugmasini bosing va guruhingizni tanlang.
  2. Botni admin qiling va huquqlarni bering: xabarlarni o‘chirish, foydalanuvchilarni cheklash, havola orqali taklif qilish.
  3. Tayyor! Bot guruhdagi har bir havola va faylni avtomatik tekshiradi.

Xavfli havola yoki fayl topilsa, xabar o‘chiriladi va yuboruvchi 30 daqiqaga yozishdan cheklanadi. Guruh adminlari yuborgan xabarlar o‘chirilmaydi.

Bot admin bo‘lmasa yoki huquqlari yetarli bo‘lmasa, u faqat ogohlantiradi, lekin xabarni o‘chira olmaydi.

08 Anti-spam: spamerlarni aniqlash

Anti-spam guruhga yozgan va yangi qo‘shilgan har bir akkauntni avtomatik tekshiradi: profil, unga biriktirilgan kanal va undagi fayllar tahlil qilinadi. Haqiqiy foydalanuvchilardan hech qanday test yoki captcha so‘ralmaydi.

  • /antispam — himoyani yoqish (faqat guruh admini)
  • /antispamoff — himoyani o‘chirish

Spamer aniqlansa, uning xabari o‘chiriladi va akkaunt guruhda cheklanadi. Shubhali akkauntlar chuqur tekshiruvga o‘tadi — ularning xatti-harakati ma’lum muddat kuzatiladi.

Yangi guruhlarda anti-spam standart holatda o‘chiq — uni guruh admini yoqadi.

09 Xato cheklangan bo‘lsangiz

Agar siz haqiqiy foydalanuvchi bo‘lib, xato cheklangan bo‘lsangiz:

  1. Guruhdagi ogohlantirish ostidagi 📨 Xato bo‘lsa — xabar bering tugmasini bosing.
  2. Botda ✅ Tekshiruvdan o‘tish tugmasini bosing va oddiy misolni yeching.
  3. Cheklov darhol olib tashlanadi. Guruh admini ham tasdiqlash orqali cheklovni ochishi mumkin.

10 Haqoratli so‘zlar filtri

  • /on18 — filtrni yoqish
  • /off18 — filtrni o‘chirish

Filtr yoqilganda haqoratli so‘z ishlatgan a’zo 5 daqiqaga sukut rejimiga o‘tkaziladi. Buyruqlar faqat guruh adminlari uchun.

11 Til sozlamalari

ZIRH BOT 6 tilda ishlaydi: 🇺🇿 o‘zbek, 🇷🇺 rus, 🇰🇿 qozoq, 🇰🇬 qirg‘iz, 🇬🇧 ingliz va 🇹🇷 turk.

  • Shaxsiy chatda: 🌐 Язык tugmasi yoki /lang buyrug‘i.
  • Guruhda: bot tili uni guruhga qo‘shgan odamning tilidan olinadi; admin /lang buyrug‘i bilan o‘zgartiradi.
  • Web versiya va qo‘llanma: yuqoridagi 🌐 tugmasi orqali.

12 Buyruqlar ro‘yxati

BuyruqQayerdaVazifasi
/startShaxsiy chatBotni ishga tushirish, bosh menyu
/helpShaxsiy chatQisqa yordam
/langShaxsiy chat, guruh (admin)Tilni o‘zgartirish
/antispamGuruh (admin)Anti-spamni yoqish
/antispamoffGuruh (admin)Anti-spamni o‘chirish
/on18Guruh (admin)Haqoratli so‘zlar filtrini yoqish
/off18Guruh (admin)Haqoratli so‘zlar filtrini o‘chirish
Guruhda /start, /help va /lang buyruqlari guruh toza turishi uchun darhol o‘chiriladi.

13 Web versiya

scan.cyberhimoya.uz — ZIRH’ning web versiyasi:

  • 🤖 ZIRH AI — kiberxavfsizlik bo‘yicha savollaringizga javob beradigan maslahatchi
  • 🔍 Havola tekshiruvi — havolani to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzerda tekshirish

Web versiya botdagi 🌐 Web versiya tugmasi orqali ham ochiladi va tanlangan tilingizda ishlaydi.

14 Ko‘p beriladigan savollar

Bot nega xabarimni o‘chirdi?

Xabaringizdagi havola yoki fayl xavfli deb topilgan yoki akkauntingiz anti-spam tomonidan spamer deb aniqlangan. Xato bo‘lsa, “Xato cheklangan bo‘lsangiz” bo‘limiga qarang.

Bot guruhda ishlamayapti, nima qilay?

Bot guruhda admin ekanini va unda xabarlarni o‘chirish hamda foydalanuvchilarni cheklash huquqlari borligini tekshiring.

Obuna tekshiruvidan o‘tolmayapman.

Ikkala kanalga ham (@cyberhimoya va @zirh_news) obuna bo‘lganingizga ishonch hosil qiling, so‘ng ✅ Tekshirish tugmasini qayta bosing.

Anti-spam haqiqiy foydalanuvchilarni ham cheklaydimi?

Juda kam hollarda. Bunday holatlar qo‘shimcha tekshiruvda aniqlanib, cheklov ochiladi; foydalanuvchi o‘zi ham oddiy misolni yechib cheklovni ochishi mumkin.

Firibgar sayt haqida qanday xabar beraman?

Botdagi 🆘 Shikoyat yuborish tugmasi orqali yoki @zirh_support ga yozing.

15 Yordam va aloqa